Yaponiya mudofaa vazirligi Tokioning Itigaya tumanidagi majmua hududida joylashtirilgan Patriot PAC-3 zenit-raketa komplekslarini shay holatga keltirdi. KXDR tomonidan ballistik raketa uchirilishi mumkinligi haqidagi xabarlar bunga sabab bo‘ldi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
Ilgariroq Yaponiya mudofaa vaziri Gen Nakatani, zarurat bo‘lsa, KXDR ballistik raketasini ushlab qolish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘lgan edi. Uchirilishi taxmin qilinayotgan raketani kuzatish maqsadida Aegis ko‘p funksiyali jangovar axborot boshqaruv tizimiga ega kemalar hozirlanmoqda.
Izoh (0)