Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari “Tolibon” radikal harakatining asosiy komandirlaridan biri – mulla Gulxonni yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, jangari Qunduz viloyatining Imom Sohib tumanida uchuvchisiz havo apparati yordamida amalga oshirilgan zarba natijasida yo‘q qilingan. U bilan birga to‘rt nafar tan soqchisi ham o‘ldirilgan.
Mulla Gulxon “Xanjar” laqabi bilan mashhur edi, deb ta’kidlanadi xabarnomada.
Izoh (0)