Braziliyaning Bandeirantes telekompaniyasi jurnalistlari Fernando Oliveyra va Sonya Blota futbol bo‘yicha Germaniya terma jamoasining Fransiyadagi Yevropa chempionatiga kelgan muxlislari hujumiga uchradi, deb yozadi “TASS” Braziliya OAVlariga tayanib.
Hodisa 16-iyun, payshanba kuni sodir bo‘ldi. Nemislar Oliveyra va Blotaga qarata irqiy haqoratlarni baqirib aytgan, shundan so‘ng, ularga hujum qilishga uringan.
“50 ga yaqin futbol muxlisi yonimizga kelib, ‘daf bo‘ling’ dedi va bizga hamla qildi, — deya so‘zlab berdi Oliveyra. — Bu jismoniy emas, ruhiy og‘riq berdi”.
Turnirda C guruhi doirasida o‘ynayotgan Germaniya termasi ikkita uchrashuv o‘tkazdi: 12 -iyun kuni Ukraina jamoasi bilan (2:0) maydonga tushdi va 16-iyun kuni polshaliklarga qarshi (0:0) o‘ynadi. Guruhda 4 ochko bilan yetakchilik qilayotgan Germaniya jamoasi yakuniy uchrashuvini 21-iyun kuni Shimoliy Irlandiya termasiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)