AQSh Rossiyaga Aleppodagi yarashuvni mustahkamlash bo‘yicha taklif yubordi

Vashington Suriyaning Aleppo shahridan shimoli-g‘arbdagi hududlarda yarashuvni mustahkamlash bo‘yicha Moskvaga taklif yubordi. U yerda asosan Suriya muxolifati bo‘linmalari joylashgan. Bu haqda, AQSh Davlat departamenti vakili Mark Tonerning bayonotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Bu munozaralar davom etmoqda. Biz Rossiya tomoniga Aleppodan shimoli-g‘arbda joylashgan aniq tumanlarda yarashuvni mustahkamlashga yo‘naltirilgan taklifni taqdim etdik. Biz Moskvaning mazkur taklifga javob berishini kutayapmiz”, — dedi Toner.

Davlat departamenti rasmiy vakilining ta’kidlashicha, ushbu hududda yarashuv rejimini mustahkamlash Aleppo atrofidagi boshqa hududlarni nazorat qiluvchi “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhiga qarshi kurashishda yordam beradi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing