LG Electronics kompaniyasining LG G5 smartfoni O‘zbekistonda sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. G5 flagman smartfoni modulli konstruksiyasi, shuningdek, Always on funksiyali displeyi va metall korpusi bilan ajralib turadi.
G5 5,3 dyuymli va 2560×1440 pikselli displey, to‘rt yadroli Snapdragon 820 protsessori, 4 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 8 megapikselli old hamda 16 va 8 megapikselli asosiy — jami uchta kamera bilan jihozlangan.
G5 batareyasining sig‘imi 2800 mA/soatga teng. Telefonda, shuningdek, barmoq izi skaneri va Qualcomm Quick Charge 3.0 tezkor quvvat olish funksiyasi mavjud.
Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida LG G5 smartfoni 3 million so‘m atrofida sotilmoqda.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)