Yevro—2016 musobaqasining “C” guruhidagi birinchi o‘yinda Polsha Shimoliy Irlandiya ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona gol 51-daqiqada Arkadiush Milik tomonidan kiritildi.
Bellashuvda Polsha terma jamoasi ustunroq harakat qildi. “Ayaks” klubining 22 yoshli futbolchisi tomonidan kiritilgan golni inobatga olmasa, o‘yinda boshqa gol kiritilmadi. Shu tariqa Polsha terma jamoasi Yevropa Chempionatlari final bosqichidagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
“C” guruhining ikkinchi juftligida Germaniya terma jamoasi Ukrainaga qarshi saf tortadi. Bellashuv 13-iyunga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, Yevro—2016 ning ortda qolgan oltita o‘yinida hech bir klubga 2 ta gol farqi bilan zafar quchish nasib qilmadi.
[wpse_match id="351131" show_title=1]
Izoh (0)