Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiyaning Yevropa bilan asta-sekin yaqinlashuvi va umumiy iqtisodiy zona yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Men Rossiya asta-sekinlik bilan, qadam-baqadam Yevropa iqtisodiy makoniga yaqin kelishi, va oxir-oqibat bizda Lissabondan Vladivostokkacha umumiy iqtisodiy zona paydo bo‘lishi tarafdoriman”, — deya aniqlik kiritdi Merkel.
Merkel Moskva Minsk kelishuvlarini bajarganidan so‘ng, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga zudlik bilan chek qo‘yish haqidagi fikrini takrorladi. Uning aniqlik kiritishicha, “Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlari” fonida Yevroittifoq o‘z prinsiplarini amalga oshira olmaydi.
Izoh (0)