Muhammad Ali oilasining rasmiy vakili Bob Gannel afsonaviy bokschining o‘limiga nima sabab bo‘lganini oshkor etdi. Bu haqda 4-iyun, shanba kuni Associated Press ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Gannelga ko‘ra, Ali noma’lum omillar sabab bo‘lgan septik shokdan vafot etgan. Uch karra jahon chempioni hayotining so‘nggi damlarini oilasi qurshovida o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Ali bilan xayrlashuv va dafn marosimi 10-iyun, juma kuni o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Luisvill shahrida (Kentukki shtati) bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)