Jazoir janubida avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida 33 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Voqea mamlakat poytaxtidan 400 kilometr uzoqdagi Laguat viloyatida sodir bo‘ldi. Avtobus Oran va Uargla viloyatlari orasida qatnayotgan edi.
Voqea joyiga tez yordam va politsiya xodimlari yetib bordi, zaruriy ishlar olib borilmoqda.
Izoh (0)