Indoneziyada Bell 206 yengil vertolyoti qulashi oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi, uch yo‘lovchi og‘ir jarohat oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Hodisa 4-iyun, shanba kuni mamlakat sharqidagi chekka Papua viloyatida sodir bo‘ldi. Yaralangan yo‘lovchilar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qo‘shni Nabire shahriga yetkazildi.
Qulashga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Rasmiylarga ko‘ra, halokat hududida ob-havo sharoitlari me’yorda bo‘lgan.
Izoh (0)