4-iyun, shanba kuni Samoa qirg‘oqlarida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer seysmologiya markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Markazga ko‘ra, yerosti silkinishlari epimarkazi mamlakat poytaxti Apiadan 203 kilometr janubi-g‘arbda, o‘chog‘i esa 88 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)