AQSh quruqlikdagi qo‘shinlar maxsus vazifalar bajaruvchi otryadining 11 nafar harbiy xizmatchisi 3-iyun, juma kuni Koloradodagi Roki-Mauntin tog‘ tizmasi cho‘qqisiga ko‘tarilish chog‘ida evakuatsiya qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Maxsus otryad 4,3 kilometr balandlikdagi Longs-Pik cho‘qqisiga mashq ko‘tarilishini amalga oshirayotgandi. Roki-Mauntin milliy bog‘i xodimlari 31-may, seshanba kuni harbiy xizmatchilar balandlik kasalligi tufayli o‘zini noxush his etayotgani va ularga yordam talab etilishi mumkinligi haqida xabar oldi. Shunday bo‘lsa-da, otryad komandiri cho‘qqiga ko‘tarilishni davom ettirishga qaror qildi.
Otryadni qutqarish uchun 43 nafar o‘rmonchi safarbar etildi. Vertolyot ekipaji tog‘dan barcha harbiylarni olib tushishi uchun yetti bor ko‘tarilishiga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)