Londondan Melburnga borib-kelish uchun dunyodagi eng qimmat samolyot chiptasini Birlashgan Arab Amirliklarining Etihad Airways aviakompaniyasi sotmoqda, deb yozadi “TASS”. Uning narxi 111,2 ming Avstraliya dollari (80,5 ming AQSh dollari)ga teng.
Ushbu chipta egasi ixtiyoriga avialayner bortida uch xonali nomer hamda xizmatkor va oshpaz beriladi. Nomer yotoqxona, mehmonxona va vannaxonadan iborat bo‘ladi, u ikkita televizor bilan jihozlangan.
Parvoz Airbus A380-800 avialaynerida amalga oshiriladi.
Bungacha eng qimmat borib-kelish chiptasi Nyu-Yorkdan Mumbayga parvoz uchun sotilgan edi, uning narxi 75,9 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan.
Izoh (0)