Yaponiyaning Okinava prefekturasi 600 kilogramm atrofidagi narkotik stimulyatorlar turkumini musodara qildi. “Kiodo” agentligiga ko‘ra, bu huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga kiritilgan mamlakat tarixidagi eng yirik miqdordagi narkotiklar turkumidir, deya xabar beradi “TASS”.
Giyohvand moddalar turkumining qora bozordagi narxi 42 milliard iyenani (387 million dollar) tashkil etishi bildirilmoqda. Narkotiklar Okinava ma’muriy markazi Naxa shahri portida bo‘lgan yaxta ichidan topildi. Shundan so‘ng prefektura politsiyasi tayvanlik olti fuqaroni ushbu taqiqlangan moddalar kontrabandasida gumon qilib, qo‘lga oldi.
Yaponiyada oldingi rekord darajadagi narkotiklar turkumi (564 kilogramm) 1999-yili Kagosima prefekturasida musodara etilgandi.
Izoh (0)