2-iyun, payshanba kuni Rossiyaning Belgorod viloyati Chernyanskiy tumanidagi Russkaya Xalan qishlog‘ida to‘rt kishining jasadi topildi, deb yozadi “Interfaks” Rossiya Tergov qo‘mitasining hudud bo‘yicha tergov boshqarmasiga tayanib. Marhumlarning barchasi bitta oila a’zolari bo‘lib, ular orasida yosh bola ham bor.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qishloqning 33 yoshli fuqarosi daraxtga bo‘ynidan osilgan holda topilgan. Keyinroq uning uyida 34 yoshli xotini, 3 yoshli qizi va 49 yoshli qaynonasining jasadlari qatl belgilari bilan aniqlangan.
Erkak shaxsiyatga qarshi jinoyat uchun muqaddam sudlangan, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilgan, oilasida janjallar uyushtirgan.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda voqea joyida tergov-tezkor guruh ishlamoqda.
Izoh (0)