Rossiyaning Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bosh boshqarmasida 31-may, seshanba kuni Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bag‘ishlangan golf bo‘yicha 21-an’anaviy xalqaro xayriya turniri bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Interfaks”.
Joriy yilda diplomatik korpus nomidan Avstraliya, Vyetnam, Malayziya, Kot-D-Ivuar, Laos elchixonalari diplomatlari qatnashdi.
Musobaqalarda Pokistonning yangi elchisi hamda O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafkanov ishtirok etdi. Aynan u diplomatlar orasida eng yaxshi golf o‘yinchisi deb tan olindi.
Izoh (0)