Toshkentda mobil telefonlarini quvvatlantirish qurilmalari bilan jihozlangan yangi avtobus bekatlari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Poytaxtdagi birinchi shunday bekat aprel oyida “Oybek” metro bekati yaqinida o‘rnatilgandi.
Tashqi reklama bozorida dunyodagi yetakchi kompaniyalardan birining filiali bo‘lgan JCDecaux UZ iyun oyida Oloy bozori hududida to‘rtta shunday bekatni o‘rnatish niyatida. Ular nafaqat quvvatlantiruvchi qurilma, balki USB-port bilan ham jihozlanishi ko‘zda tutilgan. Hozirda JCDecaux UZ shahar hokimligi bilan shartnomaga asosan poytaxtda 193 bekat o‘rnatgan (ular jami 200 ta bo‘ladi) bo‘lib, ular uchun jihozlar Fransiyada ishlab chiqariladi, bekatlar faqat joyida yig‘iladi, xolos.
Ma’lumot uchun, poytaxtdagi jamoat transporti bekatlari soni 1250 dan oshadi.
Izoh (0)