Amerikalik ekstremal Jeb Korliss vingsyut — maxsus uchish kiyimida soatiga 200 kilometr tezlikda Buyuk Xitoy devorini oshib o‘tib, oldindan belgilangan joyga mustahkamlab qo‘yilgan nishon — bir varaq qog‘ozni aniq mo‘ljalga oldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
40 yoshli sportchi mazkur parvozga 10 oy tayyorgarlik ko‘rdi. U parvoz yo‘nalishi va nishonga borib yetish burchagini ishlab chiqdi, AQSh va Shveysariyada sakrashni mashq qildi.
Korliss shu paytgacha Parijdagi Eyfel minorasi, Rio-de-Janeyrodagi Iso Masih haykali va Kuala-Lumpurdagi Petronas minorasidan sakrashlarni amalga oshirgan.
https://youtu.be/BtkIF-ABpNM
Izoh (0)