Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroq qurolli kuchlari IShID tomonidan 2014-yilda bosib olingan Al-Falluja shahriga kirdi. Bu haqda ”RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“30-may, dushanba kuni tongda Al-Fallujadagi operatsiya boshlandi. Harbiylar shaharga uch yo‘nalishdan kirdi”, — deya ma’lum qilgan aksilterror xizmatning rasmiy vakili.

Iroq harbiylar bir hafta avval shaharni ozod qilishga qaratilgan operatsiyaga kirishdi. O‘tgan muddat mobaynida bir necha aholi punktlari  ozod qilindi. Shuningdek, IShIDning shahardagi rahbari Hoji Hamza o‘ldirildi.

Shturmdan avval Iroq armiyasi aholini shaharni tark etishga chaqirdi. Bunga imkoni bo‘lmaganlarni jangarilar istehkomlaridan uzoqroq bo‘lish va uylariga oq bayroq ilish tavsiya etildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi