O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi poytaxt hamda bir qator viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yilini 10-iyunga qadar yakunlash haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda vazirlikka tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
O‘quv jarayoni jadvalining o‘zgarishi Toshkent shahri, shuningdek, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi oliy o‘quv yurtlariga (jumladan, filiallar ham) tegishli bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sanaga qadar barcha nazorat ishlari yakunlanib, kvalifikatsiya ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazib bo‘linishi kerak.
Qayd etish joizki, OTMlar o‘quv rejalari va shundan kelib chiqqan holda, akademik yil davomiyligidagi farqlarga qaramay, talabalar odatda iyun oxirida o‘qishni yakunlardi.
Oldinroq Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yilini 15-iyunga qadar yakunlash rejalashtirilayotgani bildirilgandi.
Izoh (0)