Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yilini 15-iyunga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda, deb yozadi UZ24 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’lim muassasalari bosh boshqarmasiga tayanib.
Xabar berilishicha, talabalarning o‘qishi tugaydigan aniq sana hozircha ma’lum emas, bu haqda buyruq kelib tushgani yo‘q, ammo uni 15-iyungacha yakunlash rejada bor.
Nashrning Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universitetidagi manbasi ta’kidlashicha, OTM o‘qituvchilari rahbariyatdan zarur axborotnomalarni 10-iyunga qadar yopish haqida farmoyish olgan.
Izoh (0)