“O‘z o‘rmoningni yarat” ekologik aksiyasi 22-may, yakshanba kuni Toshkent viloyatida “Chimyon o‘rmonining qayta tiklanishi” ekologik tashabbusi doirasida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Xalqaro biologik xilma-xillik kuni (22-may)ga bag‘ishlangan tadbir ishtirokchilari tog‘ yonbag‘irlariga Burchimulla o‘rmon xo‘jaligi tomonidan taqdim etilgan yovvoyi olma daraxti ko‘chatlari hamda Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jalik tadqiqotlari xalqaro markazi taqdim etgan pista daraxti ko‘chatlarini ekdi.
“Chimyon o‘rmonining qayta tiklanishi” tashabbusi O‘rmon vasiylik kengashi ishtiroki va ko‘magida uchinchi yil amalga oshirilmoqda. Bu yil aksiyaga Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va “O‘zbekturizm” kompaniyasining Respublika ilmiy-o‘quv konsalting markazi xodimlari qo‘shildi.
Izoh (0)