20—24-may kunlari Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari 23—24-may kunlari bo‘lib o‘tgan ShHT tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi va ShHT yubiley sammitini o‘tkazish bilan bog‘liq amaliy masalalarni muhokama qildi.
Qatnashchilar Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Madaniyat vazirlari majlisi, ShHT Banklararo birlashmasi kengashi va Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi yig‘ilishlarini o‘tkazishga tayyorgarlikning borishini ham ko‘rib chiqdi.
Izoh (0)