Shri-Lankada ko‘chki va toshqinlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 92 kishiga yetdi. Bu haqda, Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolib ketgan odamlarni qidirishda davom etmoqda.
Jala yog‘ishi davom etayotganligi uchun yangi ko‘chkilar yuz berish xavfi mavjudligi ma’lum qilinmoqda.
Avvalroq Shri-Lankadagi ko‘chkilar mamlakat poytaxtidan 72 kilometr shimolda joylashgan Kegalle okrugidagi uchta qishloqni yo‘q qilganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Politsiyachilar va harbiylar bedarak yo‘qolgan 220 nafar oilani qidirish bo‘yicha qutqaruv operatsiyasini o‘tkazmoqda.
Izoh (0)