Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 1940-yilda tug‘ilgan, mahalliy aholiga mansub fuqaro uyidagi omborxonada 1,5 kilogrammdan ortiq miqdordagi marixuana giyohvand moddasi yashirib qo‘yilgani aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)