Venesuelada armiyaning tashqi tahdidlarga qarshi tura olishga qodirligini tekshirish maqsadi ko‘zlangan yirik ko‘lamli harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda, Noticieros Televisa ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Biz butun mamlakat hududida mustaqillikni himoya qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish haqida topshiriq bergan prezident va bosh qo‘mondon Nikolas Maduroning topshirig‘ini bajarayotib, ertalabdan juda ijobiy kayfiyatdamiz”, — dedi Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino.O‘quv mashg‘ulotlarida tanklar, artilleriya, samolyot va kemalarni jalb etgan holda 500 mingga yaqin odam ishtirok etishi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)