O‘zbekistonda Huawei kompaniyasining GR3 smartfoni sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Qurilma ko‘rinishining o‘ziga xosligi — orqa korpusning metallga o‘xshatib yasalganligi. Huawei GR3 ekrani chetlari metall rom bilan hoshiyalangan.
Texnik jihatdan esa, smartfon 8 yadroli MediaTek MT6753T protsessori, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 5 dyuymli HD-ekran, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 2200 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.
Qurilma Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi. GR3 modelining o‘lchamlari 143,5×71×7,6 mm va 135 gramm.
Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida smartfon 1,3 million so‘mdan sotilmoqda.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)