Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) rektori lavozimiga Bahodir Hodiyev tayinlandi, deb yozadi “Gazeta.uz” OTMga tayanib.
2015-yil iyulidan buyon Bahodir Hodiyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari lavozimini egallab kelgan.
Ungacha esa — 2014-yil aprelidan fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi, 2010-yil martidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, undan avval esa TDIU rektori bo‘lib ishlagan.
Shu paytgacha TDIUga Mahmudjon Boltaboyev rektorlik qilib kelayotgan edi.
Izoh (0)