Samarqand viloyati Bulung‘ur tumaniga Xayriddin Xo‘jayorov hokim etib tayinlandi. “Zarafshon” gazetasi xabariga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimining bu haqdagi qarori 13-may kuni imzolangan.
Tumanga shu vaqtgacha Husan Abjalov hokimlik qilib kelayotgan edi. U Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzayevning 13-maydagi boshqa bir qarori bilan lavozimidan ozod etilgan edi.
Izoh (0)