Janubiy Koreya bosh vaziri Xvan Gyo An 19-may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Tashrif dasturidan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv o‘rin olgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Shuningdek, hukumatlararo muzokaralar o‘tkazish, ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshirilgan yirik loyiha – Surg‘il koni negizida barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishining yakunlanishi hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va san’ati uyining qurilishi bo‘yicha ishlarning boshlanishiga bag‘ishlangan marosimlarda ishtirok etish ham rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)