Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Deportivo”ga qarshi (2:0) Ispaniya chempionatining so‘nggi, 38-turida dubl muallifi bo‘lib, joriy mavsumda kiritilgan gollar sonini 51 taga yetkazib oldi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
Ispaniya chempionatida 35 ta, Yevropa Chempionlar Ligasida 16 ta gol kiritgan portugaliyalik hujumchi klub miqyosida qatorasiga oltinchi mavsumda 50 va undan ortiq gol kiritgan birinchi futbolchiga aylandi.Bunga qadar madridliklar yetakchisi 2010/11-yilgi mavsumda 53, 2011/12-yilgi mavsumda 60, 2012/13-yilgi mavsumda 55, 2013/14-yilgi mavsumda 51 va nihoyat 2014/15-yilgi mavsumda 61 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.Ronaldu klub miqyosida qatorasiga 6 mavsumda 50 va undan ortiq gol kiritgan ilk futbolchiga aylandi
Mavzuga doir
×
Izoh (0)