Argentina sudi respublikaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga nisbatan Argentina Markaziy bankidagi firibgarlik ehtimoli yuzasidan surishtiruv boshladi. Tegishli qaror 13-may, juma kuni sudya Klaudio Bonadio tomonidan qabul qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Sobiq prezident o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun davlatga zarar yetkazganlikda gumonlanmoqda. “Qisqa vaqt ichida muayyan iqtisodiy va siyosiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan bunday ko‘lamdagi moliyaviy operatsiya ijro hokimiyatining oliy darajadagi ma’qullashisiz amalga oshirilishi aqlga sig‘maydi”, — deyiladi qarorda.
Bonadioning fikricha, Fernandes de Kirshner sobiq iqtisod va moliya vaziri Aksel Kisilyofga fyucherslarni sotish bo‘yicha buyruq bergan, u esa o‘z navbatida buyruqni Markaziy bank rahbariyatiga yetkazgan.
Izoh (0)