• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Sotqin”da Chandiq, “Baron”da Sulaymoniyning yordamchisi: filmlarga probasiz olinadigan Alixan

    “Sotqin”dani Chandiq, “Baron”dagi Sulaymoniyning yordamchisi kabi rollari e’tiborga tushgan Alixan (Nurmuhammadxon Husniddinov) yaqin vaqt ichida premerasi o‘tkazilishi kutilayotgan “Oyqiz ertagi” ertak-filmida ham bosh rollardan birini ijro etgan. Film premerasi arafasida jurnalist Feruz Muhammad bilan suhbatlashgan Alixan o‘z taxallusi, kinoga kirib kelishi, Gollivuddagi faoliyati, o‘ynagan filmlari, prodyuserlik faoliyati haqida so‘zlab berdi.

    “Oyqiz ertagi” filmida lavha

    “Oyqiz ertagi” filmida lavha

    — Rejissor Bahodir Yo‘ldoshevning “Mirzo Ulug‘bek” nomli tarixiy filmi va undagi rolingiz haqida gapirib bersangiz.— “Mirzo Ulug‘bek”dan avval Bahodir Yo‘ldoshevning “Jannatdagi bo‘ri” va “O‘lim farishtasi” nomli filmlarida o‘ynaganman. Birinchisida ikkinchi darajali rolni ijro etgan bo‘lsam, ikkinchisida bosh qahramon sifatida gavdalanganman. “Mirzo Ulug‘bek” filmida esa Mirzo Ulug‘bekning eng sodiq shogirdi obrazida namoyon bo‘laman. Filmda Gollivud aktyorlari ham suratga tushmoqda, masalan, Armand Assante.

    — Nega Alixan taxallusini tanlagansiz?— Asl ismim Nurmuhammadxon Husniddinov. AQShdagi o‘qishimni tugatgach, Gollivudga borganman va kinodagi faoliyatimni shu yerda boshlaganman. Gollivud suratga olingan 20—25 filmning ommaviy sahnalarida meksikalik, mo‘g‘ul, finlyandiyalik, kambojalik kabilarning rollarini o‘ynaganman. Chet ellik ustozlarim aktyorning ismi qisqa, chiroyli, esda qolarli bo‘lishi kerak, derdi. Asl ismimdan juda faxrlanaman, biroq amerikaliklarning qo‘liga pasportimni bersam ham, ismimni ayta olmas edi. Shu sabab AQShda o‘zimni Alixan deb tanishtirar edim, shundan so‘ng meni Ali deb chaqira boshlashgan. Umuman san’at olamida asl ismi emas, taxallusi bilan ijod qiladiganlar talaygina.

    Foto: Alixan

    Foto: Alixan

    — “Baron” filmidagi rolingiz, kichik bo‘lsa-da, ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. “Baron-2”da ham rol o‘ynasangiz kerak. Sizda “Baron-2” haqida biror tasavvur bormi?— Rolning katta-kichigi bo‘lmaydi. Misol uchun, bosh rolda o‘ynab, hech kimning esida qolmaslik mumkin, ammo kichik rolni maromiga yetkazib ijro qilish orqali ko‘pchilikning yodida qolish mumkin. Boshida “Baron”dan tushgan taklifni rad qilmoqchi ham bo‘lganman, ammo s’yomka jarayonida filmni rad qilmaganimdan juda xursand bo‘ldim. “Baron-2” filmida katta rol beramiz, deyishgan. Hozir rejissor Rustam Sa’diyev ssenariy ustida ishlamoqda. Ssenariy tayyor bo‘lmagunicha, film haqida hech narsa deya olmayman.

    — “Oyqiz ertagi” nomli ertak-film ko‘pchilik tomonidan kutilmoqda. Bu filmda qanday rol ijro etgansiz?— “Oyqiz ertagi”ning premerasini o‘zim ham kutyapman. Ko‘pincha salbiy qahramonni gavdalantiraman. To‘g‘risi, yomonlarning rolini o‘ynash o‘zimga ham yoqadi. Ammo “Oyqiz ertagi”da ijobiy qahramon rolini o‘ynaganman. Film haqiqatan ham yuqori saviyada, katta ishtiyoq bilan suratga olindi. Filmda qahramonimning yoshlik, o‘rta yoshdagi va keksaygan davrini ko‘rsatib berganman. Filmning qisqa lavhalarini ko‘rib, o‘zim ham hayratlandim. Filmga, ijodiy jamoaga gap bo‘lishi mumkin emas.

    “Oyqiz ertagi” filmida lavha

    “Oyqiz ertagi” filmida lavha

    — Rustam Sa’diyev, Bahodir Yo‘ldoshev, Akbar Bekturdiyev — uchalasi ham tan olingan rejissorlardan. Ularning har biri bir vaqtda film olsa va Sizga rol taklif qilsa, birinchi qay birining taklifini qabul qilgan bo‘lardingiz?— Qiziq savol bo‘ldi. Aynan bu rejissorning filmiga borardim, deb ayta olmayman, ammo uchalasining ham taklifini rad qilmasdim. S’yomka shunday jarayonki, kelishib ishlasa bo‘ladi. Rejissor aktyorlarni tushunadi, tushuna oladi. Hech bir rejissor: “Dushanba kelsang kelding, bo‘lmasa seni filmimda suratga tushirmayman”, demaydi. Ijodkor odam har qanday vaziyatda ham boshqa bir ijodkorni tushunadi.

    — “Baron” filmining byudjeti 1,5 milliard so‘mni, “Oyqiz ertagi”niki esa 1,6 mlrd so‘m tashkil qiladi. Mazkur filmlardagi ishtirokingiz uchun qancha gonorar olgansiz?— Bu savolga aniq javob bera olmayman. Bir narsani aytishim mumkin — davlat buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan filmlarda aktyorlarga to‘lanadigan mablag‘ oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Xohlang Ulug‘bek Qodirov bo‘ling, xohlang Farruh Soipov, farqi yo‘q — narxni tortisha olmaysiz. O‘ynamayman, deb rad qilishingiz mumkin, hech kim Sizni majburlay olmaydi. Ammo har bir aktyor san’atni sevadi, oladigan daromadi u qadar ko‘p bo‘lmasa ham, avvalo Vatani uchun, muxlislari uchun filmda rol ijro etadi. Xususiy studiyalarning filmlari bo‘lsa, “Menga faloncha pul berasan”, deb bemalol ma’lum bir narxni aytishingiz mumkin. Shunday aktyorlar borki, pul bo‘lsa bo‘ldi — ssenariy, saviya, ijodiy jamoaning umuman ahamiyati yo‘q. Bunday aktyorlarni hurmat qilmayman.

    “Oyqiz ertagi” filmida lavha

    “Oyqiz ertagi” filmida lavha

    — Prodyuserlik faoliyatingiz haqida ham to‘xtalsangiz.— Hozir bir film ustida ishlayapman, bu film Vatan haqida, odam savdosi, bugungi kunda odamlar aziyat chekayotgan, aldanib qolayotgan mavzularni qamrab oladi. Bu prodyuserlik faoliyatimdagi birinchi film bo‘ladi. Bahodir Yo‘ldoshevning “O‘lim farishtasi” filmida ham prodyuserlik ishim bor, ammo film tayyor bo‘lmagani uchun bu filmda unday qildim, bunday qildim deb oldindan ayta olmayman. “Timur” degan filmni boshlayapman, ushbu filmda ham bosh qahramonni ham prodyuserlikni o‘z bo‘ynimga olganman. Menimcha mazkur filmni Ayyub Shahobiddinov suratga olsalar kerak. Ular bilan ko‘rishib gaplashmadik, ammo film rejasiga ko‘ra ular suratga olsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    — Qaysi aktyorlarni o‘zingizga raqobatchi deb bilasiz? Siz o‘ynay olmaydigan rol yoki janr bormi?— Hech bir aktyorni o‘zimga raqobatchi deb bilmayman. Salbiy odamlarni gavdalantirish bo‘yicha ham hech kimni raqobatchi deya olmayman. Komedik rollarni o‘ynay olmasam kerak. Aktyor har qanday rolni o‘ynay olishi kerak, deyishadi. Bu gapda qaysidir ma’noda jon bor. Ammo ba’zi bir aktyorlarning xarakteri mutlaqo boshqacha bo‘ladi, buni ham hisobga olish kerak. Negadir bachkana, komedik rollarda o‘ynamaganman, o‘zimni sinab ko‘rmaganman ham.

    “Baron” filmidan lavha

    “Baron” filmidan lavha

    — Rustam Sa’diyevning “Baron”, Akbar Bekturdiyevning “Oyqiz ertagi”, Bahodir Yo‘ldoshevning “Mirzo Ulug‘bek” filmlaridan qay biriga kasting bilan, qay biriga kastingiz tasdiqlandingiz? Umuman rolga tasdiqlanish uchun rejissorlarning sinovidan ko‘p marta o‘tishingizga to‘g‘ri keladimi?— To‘g‘risini aytsam, bu maqtanish emas — hali hech qaysi filmga kasting qilib yoki kinoproba bilan qabul qilinmaganman. Telefon qilib: “Biz seni shu filmda shu rolda ko‘rayapmiz, nima deysan?”, deyishadi. Ko‘p filmlarda kasting, kinoprobalar bo‘ladi, ya’ni, aktyor rolga moslasha oladimi, kadrda qanday ko‘rinadi, deya sinovdan o‘tkazib olishadi. Hali hech qachon birorta aktyor bilan raqobatlashib, sinovdan o‘tib ko‘rmaganman. Shu yilning o‘zida yettita filmda rol ijro etgan bo‘lsam, birortasiga ham kasting topshirmaganman.

    — Kino siz uchun nima? Sportdan qanday natijalarga erishgansiz?— Kino — men uchun hamma narsa. Aslida iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasasini tugatganman, bakalavr diplomim bor. Amerikada ham universitetni tugatganman, ingliz tilini mukammal darajada bilaman. Xohlasam, chet elga chiqib, biznes yoki boshqa bir ish qilishim mumkin. Ammo men kinoni tanladim. Shu nuqtai nazardan kino men uchun hamma narsa.

    Dadam yoshligimdan suzishga olib borardi, keyin uch yil boksga borganman. Hozir esa karate, boks bilan shug‘ullanish uchun vaqt yo‘q. Vaqt bo‘lganida ham, bu sport turlari odamni ozdirib yuboradi, biz esa jismoniy holatimizni, qomatni bir maromda saqlab turishimiz kerak — bizning yo‘nalishda bu juda muhim. Shuning uchun deyarli har kuni tosh ko‘tarishga borib, zalda kamida 2 soat mashq qilaman.

    13.05.2016, 15:09   Izoh (0)   34252
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Milana Vayntrub — Amerika seriallarida suratga tushgan toshkentlik aktrisa

    12.05.2016, 17:37

    “Qor malikasi”ning muvaffaqiyatidan tug‘ilgan “Mening Toshkentim”: Muhammadiso Abdulxayirov va Asal Shodiyeva myuziklda qo‘shiq aytadi

    12.05.2016, 15:19

    “O‘zini Shirinman deb tanishtirgan qiz juda yengil, ochiq-sochiq kiyinar ekan”. Bobur Bobomurodning “soxta Farhod va Shirinlar”ga e’tirozi

    12.05.2016, 12:48

    Ozgina-yu, sozgina: Jonli kuylay oladigan Shahzodaning duetlarga to‘la konserti haqida

    10.05.2016, 17:21

    Xonanda Hojiakbar Haydarov: Menga na Erkin Komilov, na Tesha Mo‘minov e’tiroz bildirdi

    10.05.2016, 15:28

    Yigitali: “Rayhonga uylanib, yoshlik qilgandirman...”

    10.05.2016, 12:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” 8-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:45

    “Afg‘onistonda hayit bayramlari tinchlik va osoyishtalikda nishonlanishi katta voqea” — Abdulqodir Halimiy

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:14

    O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 12:50

    Qashqadaryodagi masjid AQSH granti ko‘magida restavratsiya qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 12:16

    O‘smirligida masxara qilingan, depressiyadan qiynalgan, hatto joniga qasd qilishga uringan: ko‘p farzandli ona Anjelina Joli 50 yoshda

    Kino | 7 iyun, 11:43

    O‘zbekistonda uy-joylar asl narxidan 17 foiz qimmatligi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 11:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.