Aktyor Yigitali Mamajonov “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida Rayhon endi o‘tmishda qolganini aytib, bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ini qanday tasavvur qilishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
— Eng avvalo, oila a’zolarim va yaqinlarimni hurmat qilishi muhim. Qalbi, tashqi qiyofasi, ko‘zlari chiroyli bo‘lishini istayman. Kelajakda qiz farzand ko‘rsam, onasiga, o‘g‘il bo‘lsa, menga o‘xshashini xohlayman. Rayhonga uylanib, balki, yoshlik qilgandirman. Lekin, nazarimda, bu mening taqdirimga yozilgan bo‘lsa kerak. Hayot yo‘llarimda nimaiki bo‘lmasin, barchasi yaxshilikka deb o‘ylayman. Egizaklarim – Islom va Imron bilan hozircha haftada bir marta ko‘rishamiz. Ikkalasi ham juda aqlli bo‘lib borishyapti.
Izoh (0)