O‘zbekiston hududida nam havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan dam olish kunlari mamlakatda ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda, “O‘zgidromet”ga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
14—15-may kunlari butun mamlakat bo‘ylab havo bulutli bo‘ladi, respublikaning aksariyat hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +13...+20 daraja, kunduzi +23...+30 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. 14-may kuni shamol sharqdan soniyasiga 5—10 metr tezlikda esadi, 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +25...+27 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +25...+27 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)