Yaponiyadagi Ritsumeikan Osiyo—Tinch Okeani universitetida 9—13-may kunlari “O‘zbekiston haftaligi” tashkil etildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston, AQSh, Yaponiya, Indoneziya, Hindiston, Vyetnam, Xitoy, Koreya, Fransiya va boshqa xorijiy davlatlardan kelgan 40 ga yaqin talaba o‘zbekcha raqsga tushdi. Bu haqda tadbir ishtirokchisi Abdulla O‘rinovga tayanib, Uz24 xabar bermoqda.
Videoda talaba qiz va yigitlar boshda do‘ppi bilan o‘zbekcha kuy ostida raqs tushayotganlarini ko‘rish mumkin.
Ritsumeikan Yaponiyadagi kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan universitet bo‘lib, unda dunyoning 83 mamlakatidan kelgan 2 500 dan ortiq talaba tahsil oladi. Bu yerda har ikki yilda ma’lum bir davlat madaniyatiga bag‘ishlangan “Xalqaro haftalik” tashkil etiladi. Joriy yilgi haftalik O‘zbekistonning madaniyati va an’analariga bag‘ishlandi.
Izoh (0)