Michigan universiteti olimlari telefondan dasturxon atrofida foydalanishni aksariyat kishilar o‘rinli deb hisoblashini aniqladi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Shu bilan birga, telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotdan ko‘ra kamroq g‘ashga tegadi.
Tadqiqotda ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlardan 8 yoshdan 88 yoshgacha bo‘lgan 1163 nafar ko‘ngilli qatnashdi. Tajribada smartfondan dasturxon atrofida foydalanishning o‘rinlilik darajasi qurilmani yoqishdan ko‘zlangan maqsadga bog‘liqligi aniqlandi.
Masalan, qo‘ng‘iroqlarga yoki SMS’ga javob berishni so‘rovda qatnashganlar maqbul deb topdi, chunki bu nisbatan kamroq vaqt oladi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar va mediani “kovlab o‘tirish” ko‘pincha nomaqbul deb qabul qilindi.
Olimlar aniqlashicha, odamning yoshi qanchalik katta bo‘lsa, u smartfonlar dasturxon atrofida ishlatilishiga shunchalik ko‘ngilchanlik bilan munosabatda bo‘lgan. Odob saqlash cho‘qqisi 25 yoshga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, barcha ishtirokchilar smartfonlarning kattalar tomonidan ishlatilishi deyarli doimo o‘rinli degan fikrga qo‘shildi. Agar dasturxon atrofida bolalar o‘tirgan bo‘lsa, gadjetlardan ovqatlanish vaqtidan foydalanmagan ma’qul.
Izoh (0)