Xavfsizlik bo‘yicha germaniyalik mutaxassis Stefan Esser qurilma egasiga ehtimoliy buzib kirish va kuzatuv haqida xabar beruvchi iPhone-dastur ishlab chiqdi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. System and Security Info deb nomlangan dastur jeylbreykli telefonlarda ishlaydi.
Dastur yordamida telefon egasi uni skanerlab, smartfon proshivkasi versiyasining haqiqiyligini, shuningdek, Apple’ning iOS yangilanmalari uchun obunasi aktual ekanligini tekshirib ko‘rishi mumkin. Agar servis qurilmaga buzib kirilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatsa, iPhone sozlamalarini zavoddagi holatiga qaytarish kifoya, shunda yovuz niyatlilar uchun smartfon egasining shaxsiy ma’lumotlariga kirish yo‘li yopiladi.
Jeylbreyk — Apple korporatsiyasi tomonidan rasman qo‘llab-quvvatlanilmaydigan operatsiya bo‘lib, u iPhone, iPod yoki iPad fayl tizimiga kirish imkonini beradi. Buning yordamida qurilmaning imkoniyatlarini kengaytirish mumkin, masalan, begona manbalardan olingan dasturlarni o‘rnatish mumkin.
Izoh (0)