Iroq Kurdistoni, G‘arbning pand-nasihatlariga qaramay, o‘z mustaqilligi haqida referendum o‘tkazmoqchi, deb yozadi “TASS”. Buni Iroq Kurdistoni Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Masrur Barzaniy The Washington Post gazetasida chop etilgan mualliflik maqolasida tasdiqladi.
Uning nuqtai nazariga ko‘ra, “Iroq konseptual muvaffaqiyatsizlik hisoblanadi”, bu tufayli uning fuqarolari “umumiy jihatlari kam bo‘lgan” va “noaniq kelajakni baham ko‘rish”ga majbur bo‘lgan kishilardir.
U Iroq o‘z fuqarolarini himoya qilishga qodir emas, deb hisoblaydi, buni IShID terrorchilik guruhi mamlakatning yirik tumanlarini egallab olgani namoyon qildi.
“Majburiy birga yashash ish bermadi. Shu tufayli Iroqning Kurd hududi suveren davlat shakllantirish haqida referendum o‘tkazadi”, — deb yozadi Barzaniy. Ammo u referendum tashkil qilinishi muddatiga aniqlik kiritmadi.
Izoh (0)