AQSh Yevroittifoqni “Shimoliy oqim — 2” gaz quvuri loyihasini amalga oshirishda shoshmaslikka va Yevroittifoq energetik va milliy xavfsizligi uchun mavjud risklarni baholash maqsadida “pauza qilish”ga chaqiradi. Bunday bayonot bilan AQSh Davlat departamentining energetika bo‘yicha maxsus vakili Amos Xoxshtayn chiqish qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bundan tashqari, AQSh ushbu loyihani tijoriy deb bilmaydi.
“Biz bu tijoriy loyiha deb hisoblamaymiz, balki butunlay aksincha. Mazkur loyihaning siyosiy qismi bizning qarshiligimizdan emas, loyihaning o‘zidan iboratdir. Yo loyiha rejasining o‘zi, yo uning oqibatlari Yevropada ajralishni keltirib chiqaradi, va bu AQShda, shuningdek, butun Sharqiy, Markaziy va G‘arbiy Yevropa bo‘ylab xavotirni keltirib chiqarmoqda”, — dedi Amos.
Izoh (0)