Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharq va O‘rta Osiyo ishlari bo‘yicha vaziri Tobias Elvud Suriyaning Aleppo shahri atrofida yangidan boshlangan harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun tezkor choralarni qabul qilish lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi ikki hafta davomida ayniqsa Aleppo atrofidagi zo‘ravonlikning kuchayishi harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi kelishuvni qo‘pol buzish hisoblanadi.
“Biz harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun harakat qilishimiz lozim”, — dedi u hamda Britaniya TIV AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan zo‘ravonlikka chek qo‘yish bo‘yicha choralarni muhokama qilayotganligini qo‘shimcha qildi.
“Jabhat an-Nusra” guruhi terrorchilari va muxolifat qurolli tuzilmalari 3-may kuni erta tongdan Aleppodagi otishmalarni qayta boshladi.
Izoh (0)