Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilmayotgan “Jibhot an-nusra” guruhi terrorchilari va qurolli muxolifat guruhlari erta tongdan Aleppoda otishmalarni qaytadan boshladi, deb yozadi “TASS”.
“SANA” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar otgan to‘plar nasroniylar yashaydigan Jdeyda dahasidagi Shafa maydoniga hamda Saloh-ad-Din tumaniga kelib tushib portlagan. To‘rt nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, yaralanganlar ham bor.
O‘tgan bir necha kecha-kunduzda shaharda 17 kishi otishma qurboniga aylandi va yana 68 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)