Bellingcat xalqaro tadqiqot guruhi ekspertlari Malayziya havo yo‘llari yo‘lovchi layneriga raketa otgan “Buk” majmuasi raqamini aniqladi, deb yozadi TJournal.
Jangovar mashina fotosuratlarida o‘rtadagi raqam o‘chirib tashlangani tufayli, besh yillik ma’lumotlarni o‘rganib chiqishga to‘g‘ri kelgan.
“Buk” 2014-yilda Donbassda bo‘lgan va Rossiya Qurolli kuchlarining havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari 53-brigadasiga tegishli bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bilan uchib ketayotgan Boeing 777 samolyoti 2014-yil 17-iyul kuni qulagan edi. Taxminlarga ko‘ra, layner Donbass hududidan urib tushirilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)