AQSh Suriya hududida xavfsizlik zonalari yaratishni rejalashtirmayapti, buning o‘rniga mamlakatning barcha mintaqalarida sulh tartibini to‘liq joriy etish ustida ishlash maqsadga muvofiqdir. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Josh Ernest an’anaviy brifing chog‘ida bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.
“Prezidentning xavfsizlik zonalariga yondashuvi o‘zgarishlarsiz qoldi. U buni Suriyada bugun bo‘layotgan voqealarga real muqobil deb hisoblamaydi”, — ta’kidladi Ernest.
Shuningdek, matbuot kotibi o‘t ochish rejimini to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchilari qatorida AQSh, Rossiya hamda Asad hukumati borligini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)