Ishlab chiqaruvchilar o‘z velosipedlarini iloji boricha yengilroq qilish uchun jon-jahdi bilan intilayotgan bir paytda, belgiyalik Jeff Piters, aksincha, dunyodagi eng og‘ir velosipedni yasadi, deb yozadi “Populyarnaya mexanika”.
Rasmiy rekord o‘rnatish va Ginnesning Rekordlar kitobiga kirish uchun Jeff qo‘lbola velosipedda to‘g‘ri yo‘lda kamida 100 metr yo‘l bosishi kerak edi, buni u osongina uddaladi.
860 kilogrammlik bahaybat velosipedning balandligi 2,26 metr, uzunligi esa 5,03 metrga yetadi.
Ulkan traktor g‘ildiraklarini oddiy pedallar yordamida aylantirishga Piters ko‘p sonli uzatmalarga ega ikkita velosiped zanjiridan tashkil topgan mexanizm orqali erishdi.
Izoh (0)