Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Yeysk tumanida yuz bergan avtohalokatda to‘rt kishi, shu jumladan, 11 yoshli bola qurbon bo‘ldi, deb yozadi “TASS” ichki ishlar vazirligining o‘lka bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib.
Hodisa 1-may kuni “Yeysk — Yasenskaya — Kopanskaya — Novominskaya” trassasida sodir bo‘lgan. Opel Zafira yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib tushib ketgan. Yo‘l-transport hodisasida ikki yo‘lovchi ayol va 11 yoshli bola halok bo‘lgan. Haydovchi kasalxonada jon bergan. Yana bir yo‘lovchi — to‘rt yoshli bola bolalar kreslosida bo‘lgani sababli tirik qolgan.
Avariya yuz bergan vaziyat aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)