Samsung kompaniyasi Shveysariyaning taniqli de Grisogono brendi bilan birgalikda lyuks-klassdagi yangi “aqlli” soatni chiqarmoqchi, deya xabar bermoqda 3DNews.
Samsung va de Grisogono joriy yilning martida cheklangan seriyali Samsung Gear S2 by de Grisogono smart-xronometrini taqdim etgan edi. Gadjet 15 ming dollardan sotuvga chiqqan bo‘lishiga qaramay, u badavlat xaridorlar orasida ancha ommalashib ketdi, shu tufayli, sheriklar hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.
Bu safar gap “o‘ta premium” Gear S3 smart-soati haqida bormoqda. Ushbu “aqlli” xronometrning oddiy versiyasi joriy yilning uchinchi choragida namoyish etilishi kutilmoqda. Ammo lyuks-versiya 2017-yil boshidagina taqdim etilishi mumkin.
Izoh (0)