Yaponiya hukumati 23-aprel kuni suvosti kemasidan ballistik raketa uchirgan KXDRga norozilik bildirdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida Tokiodagi matbuot yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“KXDRning bu kabi harakatlarini batamom qabul qilib bo‘lmaydi”, — deb ta’kidladi vazir.
Uning so‘zlariga qaraganda, norozilik Pekindagi diplomatik kanallar orqali yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 23-aprel kuni KXDR suvosti kemasidan ballistik raketani uchirganligi va sinovlar mamlakatning sharqiy sohillari hududida o‘tkazilganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)