AQSh harbiy inspektorlari Ochiq osmon haqidagi shartnoma doirasida 25 dan 30-aprelga qadar OS-135B samolyotida Rossiyada kuzatuv parvozini amalga oshiradi. Bu haqda yadro xavfini kamaytirish milliy markazi boshlig‘i Sergey Rijkov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Amerika havo kemasi bortidagi rossiyalik mutaxassislar parvozning kelishilgan parametrlariga rioya etilishi va shartnomada ko‘zda tutilgan kuzatuv qurilmalaridan foydalanilishini nazorat qiladi.
Ochiq osmon haqidagi shartnoma 1992-yilda imzolangan bo‘lib, Rossiya uni 2001-yilda ratifikatsiya qilgan. Hozirda 30 dan oshiq mamlakat imzolagan shartnoma qatnashchi-davlatlar tomonidan bir-birining hududida muntazam ravishda kuzаtuv parvozlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Izoh (0)