“Mehr va oqibat” jonivorlarni muhofaza qilish jamiyati birinchi marta “Biz insonparvar sirk tarafdorimiz” xalqaro aksiyasida ishtirok etdi, u Xalqaro sirk kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘nta MDH mamlakatida o‘tkazildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
18-aprel, dushanba kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sirk — sevgi illyuziyasi” deb nomlangan qisqa metrajli film namoyishi bo‘lib o‘tdi. So‘ng jamiyat vakillari va taklif qilingan mehmonlar ishtirokida bahs-munozara o‘tkazildi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Laylo Galiyeva aholini ezgulik va rahmdillikka chaqirdi. “Faqat odamlar ishtirokidagi sirk — kuch, jasorat va mahorat ko‘rsatkichi”, — deya ta’kidladi u.
Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, hayvonlarni ularga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lishdan himoya qiluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, aholining huquqiy madaniyatini va uy hayvonlari egalarining mas’uliyatini oshirish zarurati haqida gapirdi.
Izoh (0)